“Muqaddassan ayol” nomli badiiy musiqali kecha

Abb4c93d d0bc 4e0c a405 30f1039801f32019 yil 4 mart kuni Forish tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan tuman ko‘zi ojilar kutubxonasida 1-umumta’lim maktabi hamda kutubxona foydalanuvchilari bilan hamkorlikda 1-mart Zulfiyaxonim  tavallud topgan kuni hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Muqaddassan ayol” nomli badiiy musiqali kecha o‘tkazildi.

Tadbirda kutubxonachi M.Ro‘ziqulova, 1-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N.Mirkomilova Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida ma’lumot berib, kecha ishtirokchilarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bayram bilan tabriklab o‘tdi. 

12ffc030 9d32 4795 adef 4fc646f75725

8e51c43d 01bd 4952 ad50 2808e0ee414e

3ce77308 e8ba 4901 9b87 1f73062c2dd6

Tadbirda faol kitobxonlardan Ya.Raxmonova, N.Raxmatova, D.Jumabekova, O.Ro‘ziqulov Zulfiyaxonim  she’rlaridan, D.Toshboyeva o‘zi yozgan ona haqidagi she’rlaridan ijro etishdi. Kecha davomida Madaniyat markazi “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli a’zolari Yu.Temirov, O.Qosimov, N.Botirovalar onalarni, vatanni hamda bahorni tarannum etuvchi kuy  qo‘shiqlardan  ijro etishdi.

Bada24fe dd6d 4085 adf8 0c66c8684415

Kutubxonada  Zulfiya asarlaridan “Tong kuychisi”, 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga  bag‘ishlangan “Muqaddassan ayol” nomli kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi. Tadbirda faol ishtirok etgan  ishtirokchilarga estalik sovg‘alari topshirdi.

Abb4c93d d0bc 4e0c a405 30f1039801f3

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan