Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari

9111da05 5959 4a8b 8c88 54b830c06141

Har yili yurtimiz bo‘ylab keng miqiyosda yasharish va yangilanish faslida Navro‘z umumxalq bayramini nishonlaymiz. Bu yil ham Forish tumanida Navro‘z umumxalq bayramini yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida madaniyat bo‘limi tomonidan  “Navro‘z” umumxalq bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida bo‘limning ijodiy xodimlaridan iborat ishchi guruhi tarkibi tuzilib 1-mart sanasidan bayramga tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborildi. 

35163741 f3a7 443c a2b2 998e674e1f19

Bayram dasturlarida hududga hos milliy an’analarni o‘zida mujassamlashtirgan folklor qo‘shiqlari va xalq ijodiga katta e’tibor qaratilmoqda.  Shu maqsadda maxallalar o‘rtasida “Bahor nashidasi” tanlovi e’lon qilinib mahallalardan  jamoalar saralandi va bayram dasturlarida ishtirok etishi uchun Osmonsoy mahallasi jamoasi tavfsiya etildi.

C2a22c46 805e 4e00 8a98 98b7e102472b

D5cef119 1711 488f 8b3a 2f11bc45e6ff

6e54b1be abea 48ed b4f3 4ea2737e97d5

Navro‘z umumxalq bayrami tayyorgarlik jarayonlarida markazlardagi barcha to‘garaklar, “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli, “Tog‘ shalolasi” va “Parvoz” ashula va raqs xalq ansambllari, “Kichkintoy” xalq xavaskorlik qo‘g‘irchoq teatri jamoalari ishtirok etishmoqda. Bayramga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan