Kitob nurli kelajak

55eaa506 737e 4aa4 806a 820675f74f42Forish tumanida 2019 yil 2-aprel kuni madaniyat bo‘limi kutubxonasi, ko‘zi ojizlar kutubxonasi, 1-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda 2-aprel Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdagi videoselektor majlisida 5ta muhim tashabbusni amalga oshirish bo’yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi va  “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Kitob nurli kelajak” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Ecdee76c 9ac3 49b5 a9ef 2d73bf23175f

Kutubxonada “Kitob – bilim o‘chog‘i” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri  Dilbar Xudoyqulova ochib berdi hamda bolalarni  kitob o‘qish madaniyatini o‘stirish, bolalar ma’naviyatini kitob bilan boyitib borish haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbirda Nafisa Mirkomilova kitob tarixi haqida bolalarga ma’lumot berdi. Tadbir davomida kitobxonlardan So‘g‘diyona Ilyosova, Kamron Hakimov, Fayzibek To‘ychiyev, Abbos Jumabekov, Farangiz Abdukarimova kitob, vatan haqidagi she’rlardan aytib berishdi.

Ebadf6f6 464a 4f1e 9ff9 f0f8dc2b8981

016c59f6 d275 4931 8dba 4479fbc0fbd9

B81b01ae 606f 405a b32b 068d7cf7b416

Tadbirda madaniyat bo‘limi kutubxonachisi Mamlakat Ro‘ziqulova so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini kitob bayrami bilan tabriklab, kitobning afzalliklari, kutubxonaga a’zo bo‘lib ko‘proq kitob o‘qishlari, o‘z ustida jismonan va ma’nan shug‘ullanishi haqida gapirib o‘tdi. Kitobxonlar Kamron Hakimov, Gulsanam Otamurodova, Sitora Anorboyeva, So‘g‘diyona Ilyosovalar  tadbir davomida tez aytishlar, topishmoqlar, kitob haqidagi shiorlar, o‘qigan kitoblari haqida o‘z fikrlarini aytishdi.

3a748381 b9db 4ada b525 a7521b883dcf

Kutubxona foydalanuvchilaridan Ruxshona O‘tkirova, Farizoda Sayfiddinova, Xasan Baxtiyorov, Abror Kenjayevlar tomonidan “Hech kimga bermaymiz seni O‘zbekiston!” qo‘shig‘i ijro etildi.

4e4a757d 1b51 4e3d b51e 63c5d63c8a01

Tadbir yakunida madaniyat bo‘limi kutubxonachisi M.Ro‘ziqulova, ko‘zi ojizlar kutubxonachisi D.Xudoyqulovalar tomonidan tadbirda faol ishtirok etganlarga faxriy yorliq va  esdalik sovg‘alari topshirildi.

30974186 29aa 4d79 9943 76a369e4bda4

55eaa506 737e 4aa4 806a 820675f74f42

Madaniyat vazirligi saytida madaniyat.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan