«Quvonch» bolalar raqs jamoasi

Fa8c7196 4782 403f 946c 08828d3d7d3eJizzax viloyati Forish tumani Uchquloch madaniyat markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdgi belgilab bergan beshta muhim tashabbusi bo’yicha yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularni madaniyat va san’at ayniqsa raqs san’atiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida 7-aprel kuni markaz qoshida Kamolova Sultonbeka rahbarligida tashkil etilgan “Quvonch” bolalar raqs jamoasining hisobot konserti bo’lib o’tdi.

Hisobot konsert tadbirida bolalar raqs jamoasi tomonidan to’garakning repertuaridan joy olgan o’zbek xalq kuylari, bolalar qo’shiqlari va  zamonaviy kuy qo’shiqlarga sahnalashtirilgan “Bahor valsi”, “Navro’z”, “Chitti gul”, “Andijon polkasi”, “Gullola”, “Tamanno”, “Qizg’aldog’im”, “Qatlama”, “Qiz bola”, “Barkamol avlod”, “Lazgi”, “Do’ppi tikdim” kabi raqslar ijro etildi.

Ad090776 e88a 4b70 80f1 b9b002d19358

C361cea2 bdcb 40b7 8cba 25d943059fd2

2fd64662 6b20 4077 a7b2 bdc16c5b5a6e

3503baba d0b9 4543 bbf4 97caac0414ac

76ea5096 4ded 4e33 bf20 aef354bb25e1

Konsertda markaz qoshida tashkil etilgan “Bolalar estrada qo’shiqchiligi” va “Qonun cholg’u to’garagi” qatnashchilari tomonidan “Yor-yor”, “Kovushim” qo’shiqlari ijro etildi.

Adee8d5d 2622 40a1 b861 61b384e9fd8b

Tadbirda “Bog’don gullari” folklor etnografik xalq ansambli musiqa rahbari A.Keldiyev, Xonbandi MFY xotin qizlar bilan ishlash bo’yicha maslaxatchisi M.Artikova, 59-maktab manaviyat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari S.Axmedova, to’garak qatnashchilarining ota-onalaridan R.Jo’rayevalar so’zga chiqib tashkil etilgan to’garak va konsert tadbiri haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

98093ba3 9fef 475f a14e 44aaa27b62cc

E0ffb3d3 9b5a 4b3a b756 6b2024ca2bf1

Konsert tomoshasiga o’quvchilarning ota onalari va o’quvchi yoshlar jalb etildi.

6145283b d201 4e26 b455 d6cb75ed326b

A0093d84 91a5 46cf bcca 78fb1f6d0a7e

Fa8c7196 4782 403f 946c 08828d3d7d3e

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan