Jizzax viloyati Forish tumanida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbuslar ijrosini ta’minash yuzasidan 2019- yil 8-aprel kuni Madaniyat bo‘limi kutubxona o‘quv zalida ko‘zi ojizlar kutubxonasi, 1-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlab “Buyuk va adolatli sarkarda” nomli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Kutubxonada Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab “Sohibqiron Temur bobom” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi kutubxonachisi M.Ro‘ziqulova, ko‘zi ojizlar kutubxonachisi D.Xudoyqulova va 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari N.Rustamova, N.Mirkomilovalar so‘zga chiqib, Amir Temur bobomiz qoldirgan bebaho ma’naviy meros – mardlik, jasurlik, shijoatlik, Vatanni sevish, qadrlash va unga sidqidildan xizmat qilish, hozirjavoblik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ahloqiy poklik, ilm-fanni qadrlash va egallash kabi yuksak fazilatlarini o‘rganishni, hamda kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha yoshlarga keng ma’lumotlar va tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbir davomida Sohibqiron Amir Temurning hayoti va sarkardalik qobiliyati davri haqida slayd namoyish etildi. Shuningdek faol kitobxonlar M.Hayitov, A.Jo‘rabekov, S.O‘mirov, Sh.Qaxramonov, G.Bobobekova, Sh.Bahtiyorova, B.Anvarova, Z.Olimjonova, D.Tojiboyevalar tomonidan Amir Temur o‘gitlari, tuzuklari, Temuriylar shajarasi xaqida ma’lumotlar va she’rlar ijro etildi.
Tadbir so‘ngida tadbirda faol ishtirok etgan qatnashchilarga Madaniyat bo‘limi kutubxonasi tomonidan kitob va esdalik sovg‘alari topshirildi.