«Bahor ifori» hayriya konserti bo’lib o’tdi

766ce8ea 33fe 4958 9285 0e11c14464c4Forish tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-yanvardagi “Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi PF-5609-son Farmoni va viloyat hokimining 11.02.2019-yildagi 01-2015-sonli reja-jadvaliga asosan “Ilg‘or xudud” sinov loyihasini amalga oshirishda aholi ayniqsa, uyushmagan yoshlarning madaniy saviyasini yanada yuksaltirish, milliy va zamonaviy san’atimizni keng ommaga targ‘ib qilish maqsadida 2019-yil 11-aprel kuni madaniyat markazida hayriya aksiya tadbirlari tashkil etildi. 

0c6a2158 98c7 4b48 a21e 4411d0c1a3af

Tadbirda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi honanda va sozandalarining “Bahor ifori” nomli jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi. Konsert dasturida Rashid Egamov, Sanjar Holxo‘jayev, Maysara Dovurova, Dilnoza Odilova, Iroda Xo‘janova, Oybek Karimovlar ijrosida xalq qalbidan joy olgan milliy qo‘shiqlar, Ona Vatanni, tinchlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

B5aeabf5 4fde 4d9d 8e47 b974da3e9e18

02aa79b6 4254 4c43 a14f fd376165ca25

Shuningdek konsert dasturi davomida Toshkent shahridan tashrif buyurgan O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Lazgi” ashula va raqs ansambli xonandalari  Shuxrat Toirov, Dilmurod Otajonov va Dilnoza Otaxo‘jayevalar ijrosidagi jozibali qo‘shiqlari ham ijro etildi. Konsert tadbirlari 2 seansda tashkil etilib, 800 nafardan ortiq tomoshabinlar jalb etildi.

5c339df4 c58e 4bc1 ab22 9911ed87136d

766ce8ea 33fe 4958 9285 0e11c14464c4

215911ba c11c 44d1 bafa 35b7ffdf0477

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan