«Parvoz» raqs jamoasining hisobot konserti bo’lib o’tdi

0e649599 6c40 415c 8797 e6418443dc56Uchquloch madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash  maqsadida xavaskor o‘quvchilardan «Parvoz» o‘smirlar raqs guruxi hamda “Boychechak” bolalar raqs jamoalari tashkil etildi  va 2019-yil 25-aprel kuni Uchquloch madaniyat markazida jamoalar ishtirokida xisobot konserti tashkil etildi. Konsert tadbirida markaz rahbari  N.Karimov, 59-umumta’lim maktabi direktori G.Karimovalar so‘zga chiqib barchani respublika miqiyosida e’tibor katta qaratilayotgan 5ta muhim tashabbuslar ijrosi bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.

2c98f428 d8bb 4316 9056 7d600c652236

Xisobot konsertida “Parvoz” o‘smirlar jamoasi ishtirokchilari o‘zbek xalq milliy kuy va qo‘shiqlaridan “Tanovar”, “Mustahzod”, “Go‘svand”, “Olma pishganda galing” va zamonaviy retro kuy – qo‘shiqlarga saxnalashtirilgan raqslarni ijro etdilar.

9349681d 4be4 42f4 85d7 3dd6cfb75451

Fa33463e 298c 46a8 b21e c67bf9f894bc

2134e078 67c7 467f 8f34 99a1ee7bf297

D84afe89 2edf 417f 8115 3695a4c99a6a

Shuningdek Uchquloch madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Parvoz” ashula va  raqs  xalq  ansambli ishtirokchilari J.Rustamov va S.Ibragimovlar hamda “Qonun” cholg‘u to‘garagi va “Bolalar estrada qo‘shiqchiligi” to‘garagari ishtirokchilari, “Boychechak” bolalar jamoasi tomonidan ham kuy-qo‘shiqlar, raqslar tomoshabinlarga namoyish etildi. Konsert yakunida tadbir ishtirokchilariga madaniyat markazi va maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

F86a4a38 c0c5 4c5b 8228 9ba79f3d3e3e

8085f2f0 caa5 4bff a77c ffe992eeb5ec

4620c444 9203 47f6 bcb5 f7f059b51902

Xisobot konsertiga o‘quvchi-yoshlarning ota-onalari, maktab o‘qituvchilari va mahalla faollari taklif etildi.

Aca37f99 8742 4e9d 8923 57c4826b0893

C8e2fd10 065d 4881 9820 1a2ace95527f

Tadbir yakunidan so‘ng madaniyat markazida konsert dasturiga tashrif buyurgan yoshlar va ota-onalar bilan madaniyat markazi raxbari tomonidan “Yoshlarning xuquqiy tarbiyasi-strategik” masala yuzasidan davra suxbati ham o‘tkazildi.

34d6988b 06dd 4e7b 867c 1dd52ddc594b

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan