“TOG’LARNI JARANGLATGAN QO’SHIQLAR”
FORISH TUMANI “BOG’DON GULLARI” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ ANSAMBLI
“Mevali daraxtning shoxlarida ochilgan gul singari xalq og’zidan chiqqan qo’shiqlar yuksak tarixiy ahamiyatga ega. Bu qo’shiq xalq ko’nglidagi qayg’u-xasrat va shodliklarning yo’ldoshi, uning bilim qomusidir”
Ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan, bebaho, ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadryatlarimizni tiklash mustaqillikni dastlabki kunlaridanoq davlat siyosatining muhim masalasiga aylandi. Natijada xalqimiz o’z taqdirining chinakkam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy qadiriyatlarining, madaniyatning, sohibi sifatida tan olindi.
Madaniyat va san’at jamiyatning, inson taraqqiyotining muayyan bir darajasi, insonlar xayoti va faoliyatining turli ko’rinishlarida ular yaratadigan asarlarning yaxlit bir timsolini ifodalovchi tushunchadir. Madaniyat va san’atning paydo bo’lishi va rivojlanishi kishilik jamiyatining eng qadimiy bosqichlariga borib taqaladi, u insonning kelib chiqishi bilan uzviy bog’liqdir.
Madaniyat va san’at taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan yana biri uning to’xtovsiz boyib borishi va rivojlanishi bilan belgilanadi hamda jamiyatning taraqqiy etishiga sabab bo’ladi. Bugungi kunda zamon talablariga mos ravishda ish faoliyatini olib borayotgan Forish tumani madaniyat markazidagi “Bog’don gullari” folklor-etnografik xalq ansambli repertuaridagi tuman hududiga hos xalq og’zaki ijodi namunalarida barcha qadryatlarning poydevori o’z aksini topgan.
Viloyatda folklor san’atini rivojlantirishda o’zining munosib xissasini qo’shib kelaytogan “Bog’don gullari” folklor-etnografik xalq ansambli Zafar Jumayev rahbarligida 1978-yil Sayyod qishloq klubi qoshida “Sayyod” nomi bilan tashkil etilgan. Ansambl tashkil etilgan davrda badiiy rahbar B. Mavlonov, musiqachi Sh.Qosimov va ishtirokchilar Munavvar ota Akromov, M.Qo’ndiyeva, A.Tursunmurodova, T.Bobonova, X.Komilova, Ya.Eryigitova, M.Kamolova, U.Kamolova, G.Eshonqulova, T.Eshonqulova, N.Keldiyorov, T.Jumayeva, N.Kamolov, A.Otabullayev, K.Odilova, K.Tilabov, A.Mirzaaxmedovlar dastlab xalq qo’shiqlarini to’plash va ularni ijro etish biln shug’illanishgan. Ansambl repertuari kundan-kun ortib, tumanga xos milliy udumlarimiz, marosim qo’shiqlarini yig’ib, ularni yangi talqinda sahnaga olib chiqqan. Ansambl 1982-yildan boshlab “Bog’don gullari” nomi bilan faoliyat yurita boshladi.
“Bog’don gullari” folklor-etnografik xalq ansambli bir necha yillardan buyon turli ko’rik-tanlovlarda, nufuzli festevallarda ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 1990-yil Toshkent shahrida o’tkazilgan “To’y marosimlari” festivalida faxrli ikkinchi o’rinni egallagan, 1994-1995-1996-yillarda Forish tumanida o’tkazilgan Respublika xalq o’yinlari olimpiadasida faxrli birinchi o’rinlarni egallagan, 1997-yil Toshkent shahrida o’tkazilgan Navro’z bayrami tantanalarida ansambl o’zining “Jigda po’pak” dasturi bilan ishtirok etgan, 1998-yil O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 7 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanasida o’zining “Kokil to’y” dasturi bilan, 1999-yil Jaloliddin Manguberdining 800 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanasida, 2005-yil Toshkent shahrida Shvetsariya elchixonasi tashabbusi bilan “Charkh” festivalida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.
2007-yil “Unversiada” sport musobaqasining ochilish marosimida “Xalq o’yinlari” dasturi bilan ishtirok etgan. 2010-yil viloyatda R.Mazoxidova xotirasiga bag’ishlab o’tkazilgan folklor jamoalari Respublika ko’rik-tanlovida tuman hududiga hos “Gashtak ko’pkari” marosimi bilan qatnashib faxrli ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.
2013-yil Navoiy viloyati Navbaxor tumani Sarmushsoy darasida o’tkazilgan “Asrlar sadosi” madaniyat festivalida ishtirok etib, festival sertifikati bilan taqdirlandi. Ansambl shuningdek, tumanda va viloyatda nishonlanadigan “Navro’z” sayli, “Mustaqillik” bayram tantanalarida o’z dasturlari bilan ishtirok etib kelmoqda.
2016-yil Buxoro viloyati Buxoro shaxrida o’tkazilgan “Ipak va ziravorlar” XV Respublika festivalida ansambl ishtirokchilari hududga xos “Xalq o’yinlari” dasturi bilan ishtirok etib, festivalning “Eng yaxshi milliy xalq o’yinlari tomoshasi uchun” diplomi bilan taqdirlandi.
2017-yil Toshkentda o’tkazilgan «Dam olish dunyosi» 5-xalqaro o’zbek turizim ko’rgazmasida ishtirok etdi.
2018-yil Toshkent shahrida nishonlangan “Navro’z” umumxalq bayram sayllarida o’z dasturlari bilan faol ishtirok etdi. Surxondaryo viloyatida o’tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro ochiq folklor festivalida faxrli II-o’rinni egalladi.

Toshkent shahrida nishonlangan “Navro’z” umumxalq bayram sayllari (2018-yil)

“Boysun bahori” xalqaro ochiq folklor festivali (2018-yil)
2018-yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ilk marotaba o’tkazilgan I-Xalqaro maqom festivalida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan mukofotlandi.

Shahrisabz shahrida o’tkazilgan I-Xalqaro Maqom san’ati festivali (2018-yil)
Bugungi kunda ansambl ishtirokchilari 18 nafarni tashkil etadi. Ularga badiiy va musiqa rahbarlari tomonidan folklor san’ati sirlari o’rgatib kelinmoqda.
Ansambl dasturidan hududga hos milliy udumlarni o’zida mujassam etgan “Gashtak ko’pkari”, “Qiz uzatish”, “Ko’rpa qoplar”, “Yil boshi”, “Kelin to’y”, “Muchal to’y”, “Kokil to’y” marosimlari, bayramlarga bag’ishlangan “Navro’z sayli”, “Tut sayli”, “Lola sayli” dasturlari, xalq qo’shiqlaridan “Bo’shama”, “Ber baraka”, “Qarqara qushim”, “Bir pari”, “Besh qarsak”, “Jigda po’pak”, “Xalq o’yinlari” kabi qo’shiqlar, “Yozi kal” o’lan aytishuvlari o’rin olgan. Shuningdek, “Vatan bu”, “Shunday go’zal zamona”, “Navro’z keldi elimga”, “O’lkamda bayram”, “Navro’zimga salom”, “Yurtimda shodiyona”, “Larzongul” kabi yangi talqindagi bir qancha qo’shiqlar ansambl ishtirokchilari tomonidan ijro etib kelinmoqda.
“Bog’don gullari” folklor-etnografik xalq ansambli qadim ota-bobolarimizdan, momolarimizdan qolgan meros udumlarimiz, urf-odatlarimiz, o’lan-u lapar, xalq qo’shiqlarini sayqallab madaniyatimiz, san’atimiz xazinasiga xissa qo’shishda xizmat qilib kelmoqdalar.
«Bog’don gullari» folklor etnografik xalq ansambli faoliyatidan buklet o’zbek va ingliz tillarida
Yuklab olish: O’zbek tilida, Ingliz tilida
Fuqorolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. XI-bob, 49-modda
Jizzax viloyati Forish tumani Madaniyat bo’limi “BOG’DON GULLARI” folklor-etnografik xalq ansambli faoliyati: http://culture.zn.uz/tag/bogdon-gullari