“Kichkintoy” xalq havaskorlik qo’g’irchoq teatri

Forish madaniyat markazida faoliyat yurgizayotgan «Kichkintoy» xalq havaskorlik qo’g’irchoq teatri.

“QO‘G‘IRCHOQLAR OLAMIDA”

I-tip Forish madaniyat markazi qoshida 2012-yil noyabr oyida “Kichkintoy” qo‘g‘irchoq teatri tashkil etildi. Jamoaga amaliy san’at, badiiy ijodga qiziquvchilardan N.Xudoynazarova, A.Keldiyev, Sh.Safaraliyev, D.Norqozoqova, S.Narkazakov, L.Hakimovalar jalb etilib jamoa bo‘lib faoliyat yurgizib boshladilar. Jamoaning asosiy yo‘nalishi qo‘g‘irchoq teatri xizmati.

Qo‘g‘irchoq teatri faoliyat yurgizayotganiga ko‘p vaqt bo‘lmasada shu qisqa vaqt ichida jamoa o‘zlari yaratgan qo‘g‘irchoqlari orqali aholiga ayniqsa, bolajonlar huzurida turli mavzulardagi ertaklari bilan hizmat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi o‘zlari yaratgan qo‘g‘irchoqlari orqali o‘zbek xalq ertaklaridan “Adolat va Qandolat”, “Zumrad va Qimmat”, “Kachal polvon”, “Yangi yil sarguzashtlari”, “Bizdan olis o‘rmonda”, “Qovoqvoy”, “Bo‘g‘irsoq” kabi bir qancha ertaklarni qo‘g‘irchoq teatriga moslashtirib tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda o‘quvchilarning qishki va yozgi ta’til kunlarida namoyish etib kelmoqdalar.

Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tumanda o‘tkazib kelinayotgan “Prezident archasi” tadbirida, “Navro‘z” umumxalq sayli, “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni va turli bayram tadbirlarida jamoa qatnashchilari tomonidan yaratilgan katta xajmdagi qo‘g‘irchoqlar va marinetka qo‘g‘irchoqlari bilan bayram tomoshalariga yanada ko‘rk, zavq bag‘ishlamoqdalar. Jamoaga S.Mamadaliyev, Sh.Darhonov, B.Ismoilov, R.Toshpo‘latova, F.Nosirbekova, F.Rashidov, F.Abdukarimovalar kabi qiziquvchilar jalb etilib, ularning safi kengaymoqda. Hozirda qo‘g‘irchoq teatriga N. Xudoynazarova rahbarlik qilmoqda. L.Xakimova, S.Narkazakovlar ssenariy yozuvchi va studiya rahbari, ovoz yozuvchi operatorlar. Sh.Safaraliyev, A.Keldiyevlar qo‘g‘irchoq yaratuvchilar. D.Norqozoqova, M.Norqozoqovlar libos tikuvchi va rassom bezakchilar. S.Mamadaliyev, Sh.Darhonov, B.Ismoilov, R.Toshpo‘latova, F.Nosirbekova, F.Rashidov, F.Abdukarimovalar qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Hay’atining 2016-yil 30-iyuldagi 4-sonli qaroriga binoan, havaskorlik sana’tini rivojlantirish, milliy qadryatlarni tiklashdagi faol xizmatlari hamda yuksak ijrochilik mahorati uchun jamoaga Xalq xavaskorlik jamoasi unvoni berildi.

Qo’g’irchoq teatri faoliyati: http://culture.zn.uz/tag/qogirchoq-teatri