«Parvoz» ashula va raqs xalq ansambli

74cd8c9f fc2c 429d 8ddb c0b765ab09a4

Forish tumani Uchquloch (Honbandi) madaniyat markazida  faoliyat ko‘rsatayotgan “Parvoz”  xavaskorlik badiiy jamoasi  2014-yil  “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli qoshida Mamasoli Qozoqov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Jamoaga M.Qozoqov badiiy rahbar, Yo.Muqumov musiqa rahbari bo‘lib faoliyat yurita boshlagan.  Jamoa yo‘nalishi ashula va raqs.

Jamoada X.Inomova (qonun sozi), M.Sirojiddinova (chang), X.Usmonov (doira), E.Suyarov (rubob), B.Haydarov (qo‘shiq), Z.Dovilov (qo‘shiq), R.Yusupova (raqs), S.Rahmatova (raqs), S.Hamdamova (raqs), G.Shaydiyeva (raqs), X.Xasanova (qo‘shiq), Sh.Odilov (qo‘shiq), R.Ne’matov(qo‘shiq), L.Nurqulov (qo‘shiq)lar ilk ishtirokchilari bo‘lib, ular turli kasb egalari va  talantli yosh xavaskorlardan iborat bo‘lgan.

Jamoa repertuaridan ona Vatanni, tinchlikni, do‘stlikni, onalarni madh etuvchi hamda turli janrlardagi qo‘shiqlardan lapar, yalla, mumtoz, raqs ijrochiligi o‘rin olgan.

Jamoa tashkil etilgan yildan boshlab shu kunga qadar tumanda o‘tkazib kelinayotgan barcha ommaviy  bayram tadbirlarida “Navro‘z” umumxalq bayrami, “Mustaqilik” shodiyonalari xamda barcha kasb bayramlarida, axolini bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazishda o‘zlarining dasturlari bilan  faol qatnashib kelmoqdalar.

Jamoa dastlab 2014-yil Jizzax shahridagi  Yu.Rajabiy  nomli drama teatrida “Bahor taronalari” mavzuidagi eng yaxshi asarlar an’anaviy ko‘rik-tanlovi hamda “O‘zliging namoyon qil!” Respublika telefestivalining viloyat bosqichida ishtirok etgan. “Bahor taronalari” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida  “Navro‘z yo‘nalishidagi eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyasida “Bahor tarovati” qo‘shig‘i ijrochisi Z.Dovilov va “Lapar” yo‘nalishi bo‘yicha “Shoda shoda marvarid” qo‘shig‘i ijrochisi X.Xasanovalar  ikkinchi o‘rinni egalladilar.

2014-yil viloyatda  o‘tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida tuman bosqichi g‘oliblari jamoa qatnashchilari B.Haydarov, Z.Dovilov, X.Xasanovalar ishtirok etdilar. Tanlovda B.Haydarov she’ri, N.Xaydarov musiqasi bilan “Aziz Vatanim” qo‘shig‘i ijrochisi Bahodir Haydarov  II-o‘rinni,  “O‘zbekistonim” qo‘shig‘i ijrochisi Shohijaxon Odilov III-o‘rinni, “Vatan madhi” qo‘shig‘i bilan Z.Dovilov va X.Xasanovalar ham   tanlovdagi  faol ishtiroki uchun  rag‘batlantiruvchi o‘ringa sazovor bo‘ldilar.

2015-yil davomida o‘tkazilgan tumanda nishonlangan “Navro‘z” umumxalq bayrami va “Mustaqillik” bayram tantanalarida shuningdek “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining tuman hamda viloyat bosqichida, “Bahor taronalari” ko‘rik-tanlovining tuman va viloyat bosqichlarida jamoa ishtirokchilari muvafaqiyatli ishtirok etdilar.

2016-yil Yu.Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida “Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi milliy raqs  ijrochilari  Respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichida tanlovning tuman bosqichi g‘oliblari jamoa ishtirokchilari S.Rahmatova, R.Yusupovalar ishtirok etdilar. Tanlovda “Doira raqsini ijro etgan S.Rahmatova viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

2016-yil Yu.Rajabiy nomli viloyat drama teatrida o‘tkazilgan  “Yagonasan,muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida tuman bosqichi g‘oliblari jamoa ishtirokchilari  Sh.Odilov, L.Nurqulovlar faol ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlov hay’at qaroriga Sh.Ahrorova so‘zi, G‘.A’zamov musiqasi bilan “O‘zbekistonim” qo‘shig‘i ijrochisi L.Nurqulov rag‘batlantiruvchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

“Navro‘z” umumxalq bayramiga  bag‘ishlab tumanga hos  milliy urf-odatlar, an’analar  asosida  Madaniyat bo‘limi tomonidan  “Go‘zallikka  burkanding o‘lkam, qutlug‘ bo‘lsin Navro‘zi olam!” nomli teatrlashtirilgan bayram ssenariysi tuzildi va 2017 yil 20-mart kuni soat 10-00dan 17-00ga qadar “Qizil-qir” sayilgoxida tumanimiz aholisiga namoyish etildi. “Navro‘z” bayram saylida Forish, Bog‘don, Uchquloch  madaniyat va axoli dam olish markazlarining “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli, “Bog‘don gullari” folklor  etnografik xalq ansambli hamda  “Parvoz” badiiy xavaskorlik jamoasi,  qo‘g‘irchoqbozlar, dorbozchilar,  bolalar badiiy xavaskorlik jamoalari, xalq o‘yinlari, yosh xavaskor qo‘shiqchilarning konsert dasturi  namoyish etildi.

2017-yil  24-avgust kuni “Bog‘don” bolalar sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayram tantanalarida  “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli, “Bog‘don gullari” folklor ansambli, “Parvoz” badiiy xavaskorlik jamoasi va madaniyat va axoli dam olish markazida tashkil etilgan badiiy xavaskorlik to‘garaklar ishtirokchilarining bayram dasturlari namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish haqida”gi 01-08/1-1445-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida     2017-yil 5-dekabr kuni 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram munosabati bilan  tuman  Madaniyat bo‘limi tomonidan katta bayram  dasturi namoyish etildi.   Konsert dasturida “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli va “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli, “Parvoz” badiiy xavaskorlik jamoasi ishtirokchilari va  bolalar badiiy jamoalari hamda yosh  havaskor estrada qo‘shiqchilarining tinchlikni, vatanni madh etuvchi qo‘shiq va raqslari ijro  etildi.

2018-yil 13-yanvar kuni Honbandi madaniyat  markazi tomonidan  59-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topganiga 26 yil to‘lishi hamda 14- yanvar “Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlab “Men ham askar bo‘laman” nomli madaniy tadbir tashkil etildi. Bayram munosabati bilan madaniyat va aholi dam olish markazida faoliyat olib borayotgan “Parvoz” badiiy xavaskorlik jamoasining bayram dasturi namoyish etildi.

14cfd834 7341 4554 a721 91194cbf09ec

“Navro‘z” umumxalq bayramiga  bag‘ishlab tumanga hos  milliy urf-odatlar, an’analar  asosida  Madaniyat bo‘limi tomonidan “Aziz Vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” nomli teatrlashtirilgan bayram ssenariysi tuzildi va 2018 yil 14-mart kuni soat 11-00dan 17-00ga qadar “Qizil-qir” sayilgoxi uzra bayram sayli namoyish etildi. “Navro‘z” bayram saylida “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli, “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli, “Kichkintoy” xalq  xavaskorlik qo‘g‘irchoq teatri jamoasi,  “Parvoz” badiiy xavaskorlik jamoasi va  o‘g‘irchoqbozlar, madaniyat va aholi dam olish markazlarida faoliyat olib borayotgan bolalar badiiy xavaskorlik jamoalari, xalq o‘yinlari, yosh xavaskor qo‘shiqchilarning bahor va navro‘zni tarannum etuvchi qo‘shiqlardan tuzilgan konsert dasturi tuman aholisiga namoyish etildi.

30-iyun “Yoshlar kuni” ni keng nishonlash yuzasidan viloyat hokimligining 2018-yil 18-iyundagi 01-1273-sonli kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 29-iyun kuni madaniyat va aholi dam olish markazida tuman hokimligi, tuman Madaniyat bo‘limi, xalq ta’limi bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi va bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikda  tumanda “Yoshlar-O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida yoshlar festivali yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Bayram konsert dasturida “Parvoz” badiiy  xavaskorlik jamoasi ishtirokchilari ijrosidagi Ona Vatanni, tinchlikni, yoshlikni, do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiq, raqslardan tuzilgan kompazitsiyalari namoyish etildi.

2018-yil 1-iyul kuni viloyatda o‘tkazilgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining  27 yilligiga bag‘ishlangan badiiy havaskorlik jamoalari ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida jamoa ishtirokchilari S.Ibragimov, A.Qozoqov, X.Xasanova, G‘.Akramov, X.Keldiyarov, X.Inomovalar faol ishtirok etib, tuman badiiy jamoasining faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdilar.

Hozirgi kunda jamoaning badiiy rahbari S.Ibragimov, musiqa rahbari S.Keldiyev, raqs o‘rgatuvchisi S.Rahimova.

Bugungi kunda jamoaga yosh iste’dod egalaridan J.Qudratov (qonun sozi), B.Suyarov (qo‘shiqchi), M.Savurov(qo‘shiq), M.Dostonova (dutorchi), D.Dehqonova (raqs), U.Maxkamova(raqs)lar jalb etildi.

“Parvoz” badiiy xavaskorlik jamoasining bugungi kunda ishtirokchilari soni 18 nafarni tashkil etib, ularga san’at sirlari o‘rgatib kelinmoqda.

“Parvoz” badiiy jamoasiga 2018-yil 15-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 4-sonli qaroriga asosan “Xalq xavaskorlik unvoni” berildi.