FORISH MADANIYAT MARKAZIDA FAOLIYAT KO‘RSATAYOTGAN
“TOG‘ SHALOLASI” ASHULA VA RAQS XALQ ANSAMBLI
Forish tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Chorvador” ashula va raqs xalq ansambliga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Hay’atining 2016-yil 30-iyuldagi 4-sonli qaroriga asosan “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli nomi berildi.Bugungi kunda “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli tumanda havaskorlik san’atini rivojlantirish, to‘garaklar salohiyatini kuchaytirish, badiiy havaskorlik jamoalarning doimiy faoliyatini tashkil etish, qobiliyatli ijodkorlarni badiiy jamoalarga jalb etish maqsadida Forish madaniyat markazida bir necha yillardan buyon o‘z ijodiy faoliyatini olib bormoqda.“Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli 2015-2017-yillarda turli ko‘rik-tanlovlarda, tumanda va viloyatda nishonlanib kelinayotgan ommoviy bayram tadbirlarida ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topganiga 25 yil to‘lishi va 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab 2017-yil 12-yanvar kuni madaniyat markazi badiiy havaskorlar jamoasi o‘zlarining katta bayram dasturini tayyorlab tuman xudida joylashgan 39815-sonli xarbiy poligonda xizmat qilayotgan askar va zobitlar huzurida namoyish etdilar. Konsert dasturida “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansamblining tinchlikni va vatanni madh etuvchi kuy qo‘shiqlari ijro etildi.
2017-yil 7-mart kuni “Billur” tantanalar majmuasida 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman madaniyat markazi “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansamblining “Aziz va muqaddassan-mo‘tabar ayol!” nomli bayram konsert dasturi namoyish etildi.
“Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab tumanga hos milliy urf-odatlar, an’analar asosida Madaniyat bo‘limi tomonidan “Go‘zallikka burkanding o‘lkam, qutlug‘ bo‘lsin Navro‘zi olam!” nomli teatrlashtirilgan bayram ssenariysi tuzildi va 2017 yil 20-mart kuni soat 10-00dan 17-00ga qadar “Qizil-qir” sayilgoxida tumanimiz aholisiga namoyish etildi. “Navro‘z” bayram saylida “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli, “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli hamda “Tomosha” bolalar guruxi, “Kichkintoy” qo‘g‘irchoq xalq xavaskorlik teatri jamoasi, qo‘g‘irchoqbozlar, dorbozchilar, bolalar badiiy xavaskorlik jamoalari, xalq o‘yinlari, yosh xavaskor qo‘shiqchilarning konsert dasturi namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 4-aprelda qabul qilingan “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni, hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash 2017-yil 8-may kuni tuman markazida joylashgan “Xotira” hiyobonida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami hamda II-jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 72 yilliliga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish marosimi yuqori saviyada o‘tkazildi. Marosimda tuman hokimi P.Maxatov, II-jahon urushi qatnashchisi N.Ayosov so‘zga chiqib yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbirda tuman madaniyat markazi tomonidan tayyorlangan xalqimizning II-jahon urushiga qo‘shgan xissasini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Tantanali marosimdan so‘ng “Sultan” kafesida tashkil etilgan bayram tadbirida “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansamblining 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Qaxramonlik, burch va fidoiylik” nomli konsert dasturi namoyish etildi.
2017-yil 10-iyun kuni viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, iqtidorlarini munosib taqdirlash maqsadida o‘tkazilgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalining viloyat bosqichida “Baxtlar beshigi” qo‘shig‘i bilan ishtirok etgan ansambl ishtirokchisi M.Ahmedov faol ishtiroki uchun Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
2017-yil 22-iyun kuni madaniyat markazida o‘tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida ansambl ishtirokchilaridan Mahmud Toir so‘zi, Bahrullo Lutfullayev musiqasi bilan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” qo‘shig‘i ijrochilari Suhrob Ibragimov va Lobar Hakimovaga birinchi o‘rin, Jumaniyoz Jabborov so‘zi, Go‘zal Qozoqova musiqasi bilan “O‘zbekistonim” qo‘shig‘i ijrochisi Atham Qozoqovga, Abdulla Oripov so‘zi, Shukrullo Vaqqosov musiqasi bilan “Onajon Vatan” qo‘shig‘i ijrochisi Erkin Suyarovga, Musohon Nurmatov musiqasi, Sirojiddin Sayyid so‘zi bilan “Elim” qo‘shig‘i ijrochilari Bahrom Ismoilov va Ra’no Toshpo‘latovalarga ikkinchi o‘rin, Shavkat Ahmedov so‘zi, Anvar Keldiyev musiqasi bilan “Vatan madhi” qo‘shig‘i ijrochisi Shohruh Ergashevga, Mahmud Toir so‘zi, Zaynur Dovilov musiqasi bilan “Iftihor” qo‘shig‘i ijrochisi Bahrom Usmonovga uchinchi o‘rinni egallab viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.
2017-yil 7-iyul kuni Yu.Rajabiy nomli viloyat drama teatrida o‘tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida tuman bosqichi g‘oliblari ansambl ishtirokchilari A.Qozoqov, B.Usmonov, E.Suyarov, Sh.Ergashev, B.Ismoilov, R.Toshpo‘latova, S.Ibragimov, L.Hakimovalar ishtirok etdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra J.Jabborov so‘zi, G.Qozqova musiqasi bilan “Jahonda yagona O‘zbekistonim” qo‘shig‘i ijrochisi A.Qozoqov 3-o‘rinni qo‘lga kiritib tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Shuningdek “Elim” qo‘shig‘i ijrochilari B.Ismoilov, R.Toshpo‘latova, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” qo‘shig‘i ijrochilari S.Ibragimov va L.Hakimovalar rag‘batlantiruvchi o‘rinlarga sazovor bo‘ldilar.

Navro’z bayrami (2018-yil)
9-may «Xotira va qadrlash kuni» bayrami (2018-yil)
Mustaqillikning 27 yillik bayrami (2018-yil)
Konistitutsiyaning 26-yillik bayrami (2018-yil)