Kunlik arxiv: 03.01.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Qadrli do‘stlar!

Jonajon Vatanimizga Yangi – 2018-yil kirib kelmoqda.

Siz azizlarni, mo‘’tabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.

Ming shukrki, turli muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, 2017-yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali bo‘ldi.  Davomini o‘qish