Kunlik arxiv: 12.06.2018

«Yoshlar kelajak bunyodkori» festivali bo’lib o’tdi

5ff8b187 07b9 4993 ae64 5e25fd65c5ec          Yoshlar  masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashining “Yoshlar-kelajak bunyodkori!” shiori ostida “Yoshlar festivallari”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida 2018 yil  8 fevraldagi 4-sonli majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslaxatchisining   2018 yil 19 fevraldagi  2632-xx-sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 107-sonli, madaniyat boshqarmasining 2018 yil  15 martdagi 45-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan tumandagi barcha maxalla fuqarolar yig‘inida yoshlar sayillarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.   Davomini o‘qish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

 
RAMAZON HAYITINI NISHONLASH TO‘G‘RISIDA
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
 
 
Xalqimiz ma’naviy hayoti, milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini yaqqol ifoda etadigan Ramazon hayitini munosib nishonlash, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish maqsadida:
 
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15-iyun juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi 5290-sonli Farmoniga muvofiq 2018-yil 15-17-iyun kunlari – Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlansin. 

Davomini o‘qish