Oylik arxiv: Noyabr 2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirish, madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali tashkil etildi.  Davomini o‘qish

«Bayrog’imiz, faxrimiz-g’ururimiz!» ommaviy bayram tadbiri

2ac4d365 fc8d 456c a8ea 4b5d01b8987e

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan 2018-yil 17-noyabr kuni Forish madaniyat va aholi dam olish markazida “Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz!” nomli ommaviy madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda dastlab barcha ishtirokchilar qo‘llarida  O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i bilan tuman hokimligi binosi yonida saf tortib taxlandilar. Tuman IIB yo‘l patrul xizmati xodimlari boshchiligida maxsus avtomobillar bilan birgalikda tuman markazidagi ko‘chalarda bayroqlar olib o‘tildi.  Davomini o‘qish

Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz!

C8fa0d55 58d9 4411 aee3 b501871706fa Tanlov haqida to’liq ma’lumot:

TANLOVNING MAQSADI:

O‘sib kelayotgan yoshlarning qalbida Ona Vatanga mehr-muxabbat, hurmat tuyg‘ularini shakllantirish hamda  O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlariga bo‘lgan faxr-iftixor, g‘urur kabi  tushunchalarini yuksaltirish  va ramzlarimizning muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini yoshlar ongiga singdirish maqsadida Forish tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan mazkur ommaviy diktant va foto rasmlar tanlovi o‘tkaziladi.
Davomini o‘qish

Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida

Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
qarori
Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning ogʻzaki ijodi – folklor sanʼatida, doston va eposlarida mujassam topgan boʻlib, ular millatning oʻzligini anglash, uning oʻziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.
Oʻzbek milliy baxshichilik va dostonchilik sanʼatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida: