Kunlik arxiv: 13.12.2018

Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
 
f a r m o n i
Pensionerlarni ijtimoiy jihatdan yanada qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda ularning salohiyati, tajribasi va bilimini toʻlaqonli jalb qilish, pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan oʻn barobarigacha oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Davomini o‘qish