Kunlik arxiv: 23.12.2018

Xonbandida yangi yil bayrami

6bb41f85 2b0c 497c a83b a06317248fbb         2018-yil 23-dekabr kuni Xonbandi MFYda “Obod qishloqda yangi yil” nomli yangi yil bayram tadbiri nishonlandi. Bayram tadbirini “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman bo‘limi rahbari Y.Kengashev tabrik so‘zi bilan ochib berdi va barchani kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan Qorbobo, Qorqiz va Yalmog‘iz, It, Alvasti, Tulki, Qizil qalpoqcha, Bo‘ri kabi ertak qaxramonlari ishtirokidagi “Yangi yilning quvnoq sarguzashtlari” nomli tayetrlashtirilgan bayram tomoshalari va Honbandi madaniyat markazi qoshidagi raqs to‘garagi ishtirokchilarining badiiy chiqishlari namoyish etildi. Bayram tadbirida faol ishtirok etgan bolajonlarga va kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga Qorbobo sovg‘alar ulashdi. “Obod qishloqda” nishonlangan yangi yil bayram tomoshalari barchaga birdek zavq ulashdi.  Davomini o‘qish