Oylik arxiv: Dekabr 2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaModdiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va undan foydalanish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YUNЕSKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga, “Boysun madaniy muhiti”, “Shashmaqom musiqasi”, “Navroʻz”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Palov madaniyati va anʼanalari” nomzodlari Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga, Usmon Qurʼoni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar toʻplami, Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari Jahon xotirasi roʻyxatiga kiritilgani yurtimiz madaniy merosining dunyo miqyosida eʼtirof etilganiga yorqin misol boʻla oladi.
Davomini o‘qish

«Yangi yil» shukuhi

88b22257 88d3 4c46 86fa af80f61d0c7e

Forish tumani dehqon bozorida yangi yil oldidan tashkil etilgan “Oziq-ovqat yarmarkasi” da aholiga, yoshlarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tuman Madaniyat bo’limi tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Qorbobo, Qorqiz, Ertak qahramonlari ishtirok etib barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladilar.

Davomini o‘qish

Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
 
f a r m o n i
Pensionerlarni ijtimoiy jihatdan yanada qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda ularning salohiyati, tajribasi va bilimini toʻlaqonli jalb qilish, pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan oʻn barobarigacha oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Davomini o‘qish

Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni

A48f8cf7 ca3b 4fac b9d7 91c523d2650b2017-yil O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi xodimlari kunini belgilash to’g’risi”dagi Qonuniga muvofiq har yili dekabr oyining ikkinchi yakashanbasi “Qishloq xo’jaligi hodimlari kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan 2018-yil 9-dekabrda Forish tumani “Sultan” kafesida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni”  bayram dasturxoni tashkil etildi. Bayram tadbirida tuman hokimi o’rinbosari K.Karimov, “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi raisi mehnat faxriysi X.Mamatov, qishloq xo’jaligi xodimi M.Orolovlar so‘zga chiqib yig‘ilganlarni “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” va “Hosil bayrami” bilan tadbirkladilar.  Davomini o‘qish

Qomusimizning 26 yillik tantanasi

7a493d45 400a 4f3b b175 6f7414d618f62018-yil 7-dekabr kuni 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda  tuman hokimi  A.Mustanov va tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Ermatovlar tabrik so‘ziga chiqib yig‘ilganlarni bayram bilan qizg‘in muborakbod etdilar. Tantanali marosim yakunida tuman hokimining farmoyishiga asosan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida faol ishtirok etgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni asrash, xalq farovonligini oshirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, jamoatchilik faoliyati, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt o‘rtasida hurmat-e’tibor qozongan bir guruh tashkilot rahbarlari va hodimlariga tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan faxriy yorliqlar topshirildi.  Davomini o‘qish