Oylik arxiv: Yanvar 2019

Mustaqillikka baxshida umr

Fd13f6ee 29b4 42f6 a0dc 7bcd695284d4Forish tuman Madaniyat bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludi munosabati bilan hodimlar o‘rtasida “Mustaqillikka bahshida umr” nomli davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini madaniyat markazi mutaxassisi L.Hakimova kirish so‘zi bilan ochib hodimlarga Islom Karimov hayoti va faoliyati hamda O‘zbekistonni rivojlantirish yo‘lida bajargan buyuk ishlari to‘g‘risida keng ma’lumot berib o‘tdi.  Davomini o‘qish

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

4d910f00 86c4 47d4 8daa b3142acd995eO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi  “Jamiyatda xuquqiy ong va xuquqiy madaniyatini yuksaltirish tizimini tumbdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618sonli farmoni va “Jamiyatda xuquqiy madniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019-yilda samarali oshirish bo‘yicha YO‘L XARITASI”ning 52-bandida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Forish tuman Madaniyat bo‘limida ishchi-hodimlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida bo‘lim madaniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Qo‘nishev so‘zga chiqib hodimlarga bugungi kunning dolzarb masalalaridan bir bo‘lgan korrupsiya va uning  salbiy oqibatlari to‘g‘risida hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda xuquqiy ong va madaniyatni yuksaltirib borish kerakligi to‘g‘risida hodimlarga keng ma’noda tushuncha  berib o‘tdi. Davomini o‘qish

«Vatan himoyachilari kuni»

Dcff4dcf 9532 4f09 ba0a 1500890af367Forish tuman xududiga qarashli Darboza va Amangeldi QFYdagi xarbiy xizmatchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 27 yil to‘lishi va  14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2019-yil 14-yanvar kuni “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”  shiori ostida bayram tantanasi o‘tkazildi.  Bayram tadbirida tuman hokimi o‘rinbosari J.Jiyanov, chegara ishlari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari B.Karimov va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi N.Mamasoliyevlar tabrik so‘ziga chiqib xarbiy xizmatchilarni bayram bilan tabrikladilar va xarbiy xizmati davomida na’munali xizmat qilayotgan zobitlarga tuman hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini  Davomini o‘qish

VATAN MUQADDAS, UNI HIMOYA QILISH SHARAFLI BURCHDIR!

Fef48647 979a 4920 a261 07365ad35562O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining   tashkil topganiga  27 yil to‘lishi hamda 14- yanvar “Vatan ximoyachilari  kuni”ga bag‘ishlab 2019-yil 12-yanvar kuni tuman hududidagi 39815-sonli Forish tog‘ poligonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanada tuman hokimi  o‘rinbosari  J.Jiyanov, xarbiy qism komandiri podpolkovnik U.Raximov, podpolkovnik X.Karimovlar tabrik so‘ziga chiqib yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdilar. Tadbir davomida xarbiy qismdagi xizmat qilayotgan bir gurux xarbiylarga tuman hokimligi va harbiy qismning esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limining “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli va “Parvoz” badiiy havaskorlik jamoasining “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”  nomli jonli ijrodagi bayram dasturi namoyish etildi. Bayram tomoshasiga xarbiy qismdagi askar zobitlar va 100 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlar jalb etildi. Davomini o‘qish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks rivojlantirish, joylarda yuzaga keladigan muammolarni oʻz vaqtida va samarali hal etishga qodir mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yaxshilash boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Davomini o‘qish

Darboz san’ati namoyishi

E29ab864 ed08 47a9 ad05 5480d6e205ecViloyat hokimining 03.11.2018-yildagi № 05-303 bayoni va tuman hokimligining 2018-yil 28-dekabrdagi 06-677-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani “Ahror Darboz” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Forish tumani markazida  2019-yil 6-yanvar kunidan boshlab har kuni madaniyat markazi hovlisida tuman aholisiga “Dorbozlik san’ati” tomosha dasturlari namoyish etilmoqda.

Tomosha dasturlarida Axrorbek G‘ulomov badiiy rahbarligidagi  jamoa a’zolari masxarabozlik, fokus o‘yinlari gipnoz, polvonlik, dorbozlik sana’ati, Xindiston, Xitoy yoga o‘yinlari hamda 4 yoshdagi bolajonlarning dorbozlik san’atidagi chiqishlari aholi tomonidan zo‘r qiziqish va olqishlar bilan kutib olinmoqda va barchaga birdek zavq ulashmoqda. Tomoshabinlar safi kundan kunga ortib bormoqda. “Dorbozlik san’ati” tomoshalari belgilangan vaqtga qadar davom etadi.  Davomini o‘qish