Kunlik arxiv: 14.01.2019

VATAN MUQADDAS, UNI HIMOYA QILISH SHARAFLI BURCHDIR!

Fef48647 979a 4920 a261 07365ad35562O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining   tashkil topganiga  27 yil to‘lishi hamda 14- yanvar “Vatan ximoyachilari  kuni”ga bag‘ishlab 2019-yil 12-yanvar kuni tuman hududidagi 39815-sonli Forish tog‘ poligonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanada tuman hokimi  o‘rinbosari  J.Jiyanov, xarbiy qism komandiri podpolkovnik U.Raximov, podpolkovnik X.Karimovlar tabrik so‘ziga chiqib yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdilar. Tadbir davomida xarbiy qismdagi xizmat qilayotgan bir gurux xarbiylarga tuman hokimligi va harbiy qismning esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limining “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli va “Parvoz” badiiy havaskorlik jamoasining “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”  nomli jonli ijrodagi bayram dasturi namoyish etildi. Bayram tomoshasiga xarbiy qismdagi askar zobitlar va 100 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlar jalb etildi. Davomini o‘qish