Oylik arxiv: Mart 2019

Assalom Navro’zi olam

8edc3df4 6f81 4a38 b964 9a0879e8cf952019-yil 19-mart kuni “Qizilqir” saylgohida “Assalom Navro‘zi olam” nomli bayram sayli tantanalari o‘zgacha tarzda bo‘lib o‘tdi. Bayram sayli tantanasini tuman hokimi A.Mustanov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va tumanimiz ahlini “Navro‘z” tantanasi bilan tabrikladi.

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limining teatrlashtirilgan “Assalom Navro‘zi olam” nomli katta bayram konsert dasturi tayyorlanib tuman aholisiga namoyish etildi. Tomosha dasturida  Davomini o‘qish

«Bahor taronalari» tanlovi

“Баҳор тароналари” танлови​Jizzaxda “Bahor taronalari” an’anaviy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Navro’z ayyomi, urf-odat va udumlarimiz tarannum etilgan folklor san’ati namunalari, o‘lan va laparlar, zamonaviy kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan ushbu ko‘rik-tanlov bu yil ham Navro‘z bayramiga hozirlik ko‘rishdagi dastlabki muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. Ko‘rik-tanlovning Yunus Rajabiy nomidagi musiqali drama teatrida o‘tkazilgan yakuniy bosqichida barcha tuman va shaharlarning g‘olib badiiy jamoalari, folklor guruhlari, yakkaxon ijrochilari ishtirok etdi.  Davomini o‘qish

Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari

9111da05 5959 4a8b 8c88 54b830c06141

Har yili yurtimiz bo‘ylab keng miqiyosda yasharish va yangilanish faslida Navro‘z umumxalq bayramini nishonlaymiz. Bu yil ham Forish tumanida Navro‘z umumxalq bayramini yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida madaniyat bo‘limi tomonidan  “Navro‘z” umumxalq bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida bo‘limning ijodiy xodimlaridan iborat ishchi guruhi tarkibi tuzilib 1-mart sanasidan bayramga tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborildi.  Davomini o‘qish

Bayram muborak bo’lsin!

Hurmatli  onaxonlar, opa-singizllar, aziz ayollar!
Sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Quyoshdek chexrangizga tabassum, daryodek ko’zingizga quvonch, jusmu-joningizga mustaxkam sog’lik-salomatlik hamisha hamroh bo’lsin. Bayramingiz muborak bo’lsin muhtarama ayollar, mo’tabar onaxonlar va munis opa-singillar!  Davomini o‘qish

Ayollari kulsin O’zbekistonning!

0361af97 98cf 4058 bd15 26a0cd2629cbForish tumanida 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 7-mart kuni “Sultan” kafesida turli sohalarda faol mehnat qilayotgan ayollar ishtirokida “Ayollari kulsin O’zbekistonning!” nomli tantanali marosim tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirini Forish tuman hokimi A.Mustanov tabrik so‘zi bilan ochib ayollarni 8-mart nafosat va go‘zallik bayrami bilan qizg‘in muborakbod etdi. Tadbir davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xuquqshunos, mehnat faxriysi U.Ostonova, tuman prakurori Z.Anorboev, tuman davlat xavfsizlik bo‘linmasi  Davomini o‘qish

“Muqaddassan ayol” nomli badiiy musiqali kecha

Abb4c93d d0bc 4e0c a405 30f1039801f32019 yil 4 mart kuni Forish tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan tuman ko‘zi ojilar kutubxonasida 1-umumta’lim maktabi hamda kutubxona foydalanuvchilari bilan hamkorlikda 1-mart Zulfiyaxonim  tavallud topgan kuni hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Muqaddassan ayol” nomli badiiy musiqali kecha o‘tkazildi.

Tadbirda kutubxonachi M.Ro‘ziqulova, 1-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N.Mirkomilova Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida ma’lumot berib, kecha ishtirokchilarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bayram bilan tabriklab o‘tdi.  Davomini o‘qish