Kunlik arxiv: 17.06.2019

Yoshlar sayli

17096503 bd32 455f a5e2 5fe9261a6f41

Yoshlar masalalari bo’yicha tuman idoralararo kengashining 2019-yil 18-maydagi qabul qilingan 01-1260-sonli chora-tadbirga asosan iyun oyi Yoshlar oyligi deb e’lon qilinishi xamda 30-iyun ‘’Yoshlar kunini’’ yuqori saviyada o’tkazishni ta’minlash maqsadida 2019-yil 17-iyun kuni tuman Madaniyat bo’limi, tuman IIB, tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi, O’zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tuman kengashi va tashkilotlar bilan hamkorlikda Bog’don madaniyat markazi hududidagi Nurak MFYda joylashgan 8-umumtalim maktabida “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida yoshlar sayli o’tkazildi.  Davomini o‘qish

Jizzaxda muqaddas qadamjolarning mobil ilovasi yaratildi

Ilovani Jizzax Davlat pedagogika instituti tarix fakulteti, tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Farrux Akchaev va talaba Farrux Pardaboev viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi xodimi Lola Sanaeva bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.
Viloyatda sayyohlarni qiziqtiradigan tarixiy-arxeologik manzillar ko‘p. 372 ta madaniy meros ob’ektlari davlat muhofazasiga olingan. Shundan 42 tasi tarixiy obida va ziyoratgoh, 267 tasi arxeologik yodgorlik, 63 tasi monumental yodgorliklardir.
Internetning Google tarmog‘ida Shrines of Jizzakh deb atalgan ushbu mobil ilovadan viloyatdagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar haqida ma’lumotlar, ularning fotosuratlari o‘rin olgan. Ilovada ko‘rsatilgan maxsus tugmachasi bosilsa, har bir inshootga borish yo‘nalishi, masofasi ko‘rsatiladi.
Mobil ilovaga ma’lumotlarning 40 ta xorijiy tildagi tarjimasi kiritilgani undan foydalanuvchilarga, ayniqsa sayyohlarga katta qulaylik yaratadi.

Davomini o‘qish