Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʼkrak nishonini taʼsis etish toʼgʼrisida”gi 236-sonli sonli qarori bilan mamlakatimizning barcha hududlarida madaniyat va sanʼat sohasida uzoq yillardan beri fidokorona xizmat qilib kelayotgan jonkuyar xodimlarni ragʼbatlantirish maqsadida “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʼkrak nishoni taʼsis etildi. 13-dekabr Madaniyat vazirligida mazkur nishonga munosib topilgan xodimlarni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Davomini o‘qish
Oylik arxiv: Dekabr 2019
Bosh qomusimizning 27 yilligi
2019-yil 6-dekabr kuni Forish tuman 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda Forish tuman hokimi A.Mustanov va tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Ermatovlar tabrik so‘ziga chiqib yig‘ilganlarni bayram bilan qizg‘in muborakbod etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan Madaniyat bo‘limi tomonidan katta bayram dasturi namoyish etildi. Konsert dasturida Davomini o‘qish
“Har kim mehr va e’tiborga sazovor” nomli tadbir
Birlashgan millatlar tashkiloti bosh Assamblyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli rezolutsiyasiga muvofiq har yili 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan 2019-yil 3-dekabr kuni “Dil ifori” tantanalar majmuasida “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi A.Mustanov, tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi H.Mamatov, tuman ko‘zi ojizlar jamg‘armasi raisi Q.Abulhayevlar so‘zga chiqib yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi va nogironligi bor shaxslarga tuman hokimligining sovg‘alarini topshirdi. Bayram tadbirida tuman madaniyat bo‘limi “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansamblining Davomini o‘qish