2022-yil 26-mart kuni Forish tumani madaniyat markazida samarali faoliyat olib borayotgan “Bog’don gullari” folklor etnografik xalq ansamblining 1-chorak yakuni bo’yicha hisobot konserti namoyish etildi. Hisobot konsertida ansambl ishtirokchilari tomonidan tuman xududiga xos bo’lgan “Xashar” marosimi namoyish etildi.
2022-yil 25-mart kuni Forish tuman madaniyat bо‘limi tomonidan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish”ga qaratilgan reja jadvaliga asosan 1-sektor xududidagi A.Temur MFYda «Mahallada duv-duv gap» nomli madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan «Bog’don gullari» folklor etnografik xalq ansambli va «Tog’ shalolasi» ashula va raqs xalq ansambli tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
2022-yil 24-mart kuni Forish tuman madaniyat bо‘limi tomonidan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish”ga qaratilgan reja jadvaliga asosan 4-sektor xududidagi O’zbekiston MFYda «Mahallada duv-duv gap» nomli madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan «Bog’don gullari» folklor etnografik xalq ansambli tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzax viloyati «O’rda» istirohat bog’ida o’tkazilgan Navro’z bayram tantanalarida Forish tuman madaniyat bo’limida samarali faoliyat yuritib kelayotgan «Bog’don gullari» folklor etnografik xalq ansambli teatrlashtirilgan dasturlari bilan ishtirok etdi.
Jizzax viloyati «O’rda» istirohat bog’ida o’tkazilgan Navro’z saylida Forish tumani uchun ajratilgan maydonda Forish tuman madaniyat bo’limida faoliyat olib borayotgan «Bog’don gullari» folklor etnografik xalq ansambli ishtirok etdi.
2022-yil 19-mart kuni Forish tumaniga Belorusiya Respublikasidan tashrif buyurgan sayyohlar uchun Forish tuman madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan «Bogʻdon gullari» folklor etnografik xalq ansamblining konsert dasturi namoyish etildi.
2022-yil 19-mart kuni Forish tuman madaniyat markazi hovlisida «ASSALOM NAVRO’Z-YANGILANISH, MEHR-OQIBAT VA QADR-QIMMAT AYYOMI” g’oyasi asosida bayram konsert tomoshalari bo’lib o’tdi. Konsert tomoshlarida “Bog’don gullari” folklor etnografik xalq ansambli va tuman badiiy xavaskorlari ijrosidagi navro’zni, bahorni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar va raqslar namoyish etildi.
2022-yil 19-mart kuni Forish tuman madaniyat markazida «ASSALOM NAVRO’Z-YANGILANISH, MEHR-OQIBAT VA QADR-QIMMAT AYYOMI” g’oyasi ostida bayram tantanalari o’zgacha tarzda bo’lib o’tdi. “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan tuman madaniyat bo’limining teatrlashtirilgan katta bayram konsert dasturi tayyorlanib tuman aholisiga namoyish etildi.