Jizzax viloyati «O’rda» istirohat bog’ida o’tkazilgan Navro’z saylida Forish tumani uchun ajratilgan maydonda Forish tuman madaniyat bo’limida faoliyat olib borayotgan «Bog’don gullari» folklor etnografik xalq ansambli ishtirok etdi.
2022-yil 19-mart kuni Forish tumaniga Belorusiya Respublikasidan tashrif buyurgan sayyohlar uchun Forish tuman madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan «Bogʻdon gullari» folklor etnografik xalq ansamblining konsert dasturi namoyish etildi.
2022-yil 19-mart kuni Forish tuman madaniyat markazi hovlisida «ASSALOM NAVRO’Z-YANGILANISH, MEHR-OQIBAT VA QADR-QIMMAT AYYOMI” g’oyasi asosida bayram konsert tomoshalari bo’lib o’tdi. Konsert tomoshlarida “Bog’don gullari” folklor etnografik xalq ansambli va tuman badiiy xavaskorlari ijrosidagi navro’zni, bahorni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar va raqslar namoyish etildi.
2022-yil 19-mart kuni Forish tuman madaniyat markazida «ASSALOM NAVRO’Z-YANGILANISH, MEHR-OQIBAT VA QADR-QIMMAT AYYOMI” g’oyasi ostida bayram tantanalari o’zgacha tarzda bo’lib o’tdi. “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan tuman madaniyat bo’limining teatrlashtirilgan katta bayram konsert dasturi tayyorlanib tuman aholisiga namoyish etildi.
2022-yil 16-mart kuni Forish tumani 4-sektor Xonbandi MFY Uchquloch madaniyat markazida tuman madaniyat bo’limi va tegishli tashkilotlar hamkorligida «Qadriyatlari qadr topgan ona Vatanim-Jizzaxim» shiori asosida «Sumalak party» madaniy-ma’rifiy tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda Forish tumani madaniyat bo’limi badiiy havaskorlari tomonidan bahorni, navro’zni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlardan tuzilgan konsert dasturi ijro etildi.
022-yil 12-mart kuni Forish tuman madaniyat bо‘limi tomonidan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish”ga qaratilgan reja jadvaliga asosan madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan «Bog’don gullari» folklor etnografik xalq ansambli tomonidan o’quvchi yoshlar ishtirokida «Mahorat darsi» tashkil etildi. «Mahorat darsi»da ansambl badiiy rahbari A.Keldiyev hamda musiqa rahbari B.Usmonovlar tomonidan oʻquvchi yoshlarga ansambl faoliyati, yutuqlari va ansamblda ishlatiladigan kiyimlar, rekvizitlar haqida malumot berib oʻtdi.
2022-yil 7-mart kuni Forish tuman madaniyat markazida tuman xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlkda ta’lim tizimida faol mehnat qilib kelayotgan hodimlar ishtirokida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Bayram munosabati bilan tuman Madaniyat bo’limi badiiy havaskorlari tomonidan ayollarni, bahorni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlardan tuzilgan “Aziz va muqaddassan mo’tabar ayol!” nomli konsert dasturi namoyish etildi.
2022-yil 5-mart kuni “Sultan” tantanalar majmuasida 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi I.Matiyev so’zga chiqib barchani bayram bilan tabrikladi. Sana munosabati tuman madaniyat bo’limi badiiy havaskorlarining ona, ayol va bahorni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlardan tuzilgan «Muqaddassan ayol» nomli konsert dasturi namoyish etildi.