Teg Arxivi: Forish

Taqdirlarni o’zgartirgan tashabbus

“Hali maqtanarli ish qilganimiz yo‘q”

Keyingi safarimiz Forishga bo‘ldi. Bu manzilga yo‘l olar ekanmiz, pag‘a-pag‘a qor yog‘a boshladi. O‘ydim-chuqur yo‘llar, tuman markazidagi tirbandlik bir oz asabimizni buzganini hisobga olmasa, mahalliy hokimiyat binosini tezda topib bordik. Qabulxonada hokimni qizg‘in ish ustida uchratdik. Yigirma-o‘ttiz chog‘li odamga zarur vazifalarni batafsil tushuntirayotgan ekan. Ularning gap-so‘zlaridan bildikki, aksariyat tadbirkorlar o‘z muammolariga yechim izlab shu yerga kelishgan ekan.  Davomini o‘qish

Forish tuman markazida bunyodkorlik ishlari boshlanmoqda

Forish tumani 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. Ma’muriy markazi– Bog‘don shaharchasi. Bu yil tashkil topganiga 84 yil bo‘lgan tuman markazida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish, uning arxitektura qiyofasini o‘zgartirish ishlari boshlanadi.

Tumanda ayni payda 90 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. 25 ta mahalla, 16 mingta xonadon va 19 mingga yaqin oilalar mavjud. Maydoni9,67 ming. kv.km yoki 956 476 gektardan iborat.  Davomini o‘qish