Teg Arxivi: ko’rik-tanlov

“Hamshira-2018” ko‘rik-tanlovi bo’lib o’tdi

2bb64c41 d1ac 4c5c afb4 f7b97563ad15Forish tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 12-may “Hamshiralar kuni” bayramini keng nishonlash maqsadida 2018-yil 4-may kuni madaniyat va aholi dam olish markazida “Hamshira-2018” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi U.Qo‘qonova, hirurgiya bo‘limi hamshirasi Sh.Antarova, tez tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi M.Nasibbekova, tug‘ruq bo‘limi hamshirasi S.Ochilova, terapiya bo‘limi hamshirasi E.Hudoyberdiyevalar tanlovning 3 ta sharti “Tanishtiruv”, tibbiyot sohasiga oid tezkor va anatomik savol-javoblar hamda “Erkin mavzu” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Davomini o‘qish

Quvnoqlar va zukkolar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-5106-sonli farmoniga asosan tumandagi  yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda madaniyat va aholi dam olish markaziga jalb qilish, ular orasidan iqtidorli, iste’dodli yoshlarni barvaqt aniqlash, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ma’naviy,  axloqiy bilim saviyalarini oshirish maqsadida 2018-yil 25-aprel kuni madaniyat va aholi dam olish markazida 5-maktabning  “Parij”, 12-maktabning “Shovvozlar”, 33-maktabning “Voy dod”, 55-maktabning “Chaqmoq” jamoalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.  Davomini o‘qish

Forish tumanining “Bahor taronalari” viloyat ko‘rik-tanlovida erishgan yutuqlari

Tug‘ilish, tiklanish, poklik va yasharish timsoli bo‘lgan bahorni, navro‘zni, aziz va mo‘‘tabar ayollarimizni madh etish, hozirgi yoshlar ongida ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy musiqa va folьklor  san’atimizga ko‘nikmalar hosil qilish, madaniyat muassasalari faoliyatini hamda san’atda o‘z o‘rnini topayotgan ijodkor yoshlarning ijodini omma o‘rtasida keng targ‘ib va tashviq qilish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash asos qilib olingan “Bahor taronalari” mavzuidagi eng yaxshi asarlar an’anaviy viloyat ko‘rik-tanlovi 2018 yilning 23 fevral kuni viloyat musiqali drama teatrida  o‘tkazildi. Bu yilgi tanlovda shahar va tuman madaniyat va aholi dam olish markazlari hamda viloyat akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi qoshida faoliyat olib borayotgan havaskorlik badiiy, folklor jamoalar  va yakka ijrochilar ishtirok etishdi.  Davomini o‘qish