“Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab tumanga hos milliy urf-odatlar, an’analar asosida Madaniyat bo‘limi tomonidan “Aziz Vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” nomli teatrlashtirilgan bayram ssenariysi tuzildi va 2018 yil 14-mart kuni soat 11-00dan 17-00ga qadar “Qizil-qir” sayilgoxi uzra bayram sayli namoyish etildi.
Teg Arxivi: Navro’z
Forish tumanining “Bahor taronalari” viloyat ko‘rik-tanlovida erishgan yutuqlari
Tug‘ilish, tiklanish, poklik va yasharish timsoli bo‘lgan bahorni, navro‘zni, aziz va mo‘‘tabar ayollarimizni madh etish, hozirgi yoshlar ongida ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy musiqa va folьklor san’atimizga ko‘nikmalar hosil qilish, madaniyat muassasalari faoliyatini hamda san’atda o‘z o‘rnini topayotgan ijodkor yoshlarning ijodini omma o‘rtasida keng targ‘ib va tashviq qilish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash asos qilib olingan “Bahor taronalari” mavzuidagi eng yaxshi asarlar an’anaviy viloyat ko‘rik-tanlovi 2018 yilning 23 fevral kuni viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazildi. Bu yilgi tanlovda shahar va tuman madaniyat va aholi dam olish markazlari hamda viloyat akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi qoshida faoliyat olib borayotgan havaskorlik badiiy, folklor jamoalar va yakka ijrochilar ishtirok etishdi. Davomini o‘qish